UYEFA Etan Mbappeni jazolash to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining 1-turida 19 yoshli "Lill" yarim himoyachisi "Betis" himoyachisi Natanni yuziga urdi, braziliyalik futbolchi orqasidan unga yaqinlashib, yelkasiga tegib ketdi. Hakam Georgi Kabakov takroriy lavhani ko‘rib chiqqandan so‘ng, Etanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.
UYEFA fransuz futbolchisini ushbu musobaqada uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilishga qaror qildi. Shuning uchun Kilian Mbappening ukasi "Arsenal", "Galatasaroy" va "Bude-Glimt"ga qarshi o‘yinlarda ishtirok etmaydi.













