Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining ketishi fonida 10-raqamli libos haqida o‘z fikrini bildirdi.
39 yoshli hujumchining xayrlashuv o‘yini 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi – argentinaliklar Beninga qarshi maydonga tushishadi. Bungacha milliy terma jamoa Boliviya va Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.
«Ushbu o‘yinlarda hech kim 10-raqamda maydonga tushmaydi. Biz uni kimgadir berishga majbur emasmiz. Messining o‘yinigacha bu raqamni hech kimga topshirmaymiz, undan keyin esa vaziyat qanday rivojlanishiga qaraymiz.
Rejamiz shundan iboratki, keyinchalik kimdir bu raqamni doimiy ravishda o‘z nomiga rasmiylashtirib olsin», – dedi Skaloni.













