Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

«Manchester Siti» Xoland bo‘yicha qaror qabul qildi

«Manchester Siti» Xoland bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasidan chiqarib yuborilgan taqdirda hujumchi Erling Xoland bo‘yicha qanday yo‘l tutishini belgilab oldi.

Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, jamoa Chempionshipga tushib ketgan taqdirda ham «shaharliklar» Xoland uchun juda katta tovon puli talab qiladi. Klub rahbariyati norvegiyalik hujumchining Angliyaning ikkinchi darajali divizionida o‘ynashini imkonsiz deb hisoblasa-da, uni arzon narxda sotish bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqmaydi.

Manbaga ko‘ra, Yevropaning ayrim grand klublari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatdan foydalanishga tayyor. Biroq Xolandning «Manchester Siti» bilan shartnomasida jamoa quyi divizionga tushib ketgan taqdirda kelishuvni bekor qilish bandi mavjud emas. Jamoaning boshqa yetakchi futbolchilari shartnomalarida ham shunday band yo‘q.

Shu sababli «Manchester Siti» Xoland yoki boshqa yetakchilarini arzon narxda sotishni rejalashtirmayapti.

26 yoshli hujumchining klub bilan shartnomasi 2034 yilga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 13:16, 29.09.2026.
O'qildi: 3661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик