"Barselona" Rafinya Dias bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitim hali rasman e’lon qilinmagan, ammo tomonlar hamkorlikni davom ettirish shartlarini kelishib olgan. Yangi shartnoma 2030 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Jurnalist Santi Ovalle ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli hujumchi Rodri Ernandes bilan birga Kataloniya klubida eng ko‘p maosh oluvchi ikkinchi futbolchiga aylanadi. Ulardan ko‘proq maoshni faqat 19 yoshli vinger Lamin Yamal oladi.
Rafinya Dias 2022 yil yozidan beri "Barselona" safida to‘p tepmoqda.
Joriy mavsumda avval vinger pozisiyasida harakat qilgan hujumchi Xans-Diter Flik jamoasi safida 8 ta o‘yinda 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.













