«Bizning safimizda dunyoning eng yaxshi hujumchisi Xarri Keyn bor. Shuningdek, Yevropadagi eng kuchli hujum chizig‘iga egamiz. Shu bois bu masalani hatto muhokama qilishga ham hojat yo‘q», — deya Drizenning so‘zlarini keltirmoqda Die Welt nashri.
«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblanganidan so‘ng, jamoa yetakchilari klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Shu munosabat bilan «Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drizendan myunxenliklarga yulduz hujumchi Erling Holand kerakmi, deb so‘rashdi.













