Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bzlib o‘tayotgan Osiyo O‘yinlarining navbatdagi kunini O‘zbekiston delegasiyasi oltin medal bilan boshladi.
Og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 110 kg vazn toifasida musobaqa yakuniga yetdi. O‘zbekistonlik sportchi Akbar Jo‘rayev katta farq bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz dast ko‘tarishda 197 kg shtanga bilan jahon rekordini o‘rnatdi. Ushbu yo‘nalishda u eng yaqin ta’qibchisini 8 kilogrammga ortda qoldirdi.
Akbar Jo‘rayev siltab ko‘tarish yo‘nalishning ilk urinishida 226 kg toshni boshi uzra baland ko‘tarib, ikkikurash bo‘yicha 423 kg. vazn bilan oltin medalni naqd qilib qo‘ydi. Ushbu natija siltab ko‘tarish va ikkikurash bo‘yicha Osiyo O‘yinlari rekordi hisoblanadi.
Ikkinchi o‘rinni turkmanistonlik Shahzodbek Matyoqubov egallagan bo‘lsa (410 kg), bronza medali xitoylik Lyu Xuanxuaga nasib etdi (405 kg).
Eslatib o‘tamiz, Akbar Jo‘rayev 4 yil avval o‘tkazilgan Xanchjou-2022 Osiyo O‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi (417 kg.). Xitoylik Lyu Xuanxua esa 418 kg bilan chempionga aylangan edi.













