Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransiya Zidan qo‘l ostida ikkinchi o‘yindayoq rekord o‘rnatdi

Fransiya Zidan qo‘l ostida ikkinchi o‘yindayoq rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichi 2-turida Belgiya ustidan 1:0 hisobida minimal g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvdagi yagona golni «Bavariya» vingeri Maykl Olise 88-daqiqada urdi.

«Uch ranglilar» o‘yin davomida to‘pga ko‘p egalik qildi va uzatmalarda juda yuqori aniqlik ko‘rsatdi. Opta ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi safar o‘yinlarida paslar aniqligi bo‘yicha statistika yuritila boshlanganidan beri o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi — 92,8 foiz.

Fransiya Zinedin Zidan qo‘l ostida o‘tkazgan ikki o‘yinning har ikkalasida ham g‘alaba qozondi. Bungacha jamoa Turkiyani ham xuddi shu — 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

2 oktyabr, juma kuni Fransiya «Stad de Frans»da Italiya terma jamoasini qabul qiladi.

Kiritildi: 04:17, 29.09.2026.
O'qildi: 397 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик