Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Oltin to‘p» uchun ovoz berish yakunlandi — asosiy da’vogar ma’lum

«Oltin to‘p» uchun ovoz berish yakunlandi — asosiy da’vogar ma’lum

Baho:
+ | -

2026 yilgi «Oltin to‘p» Londonda topshiriladi. Taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi, ovoz berish jarayoni esa dushanba kuni yakunlandi.

Tashkilotchilar ovoz berish natijalarini sir saqlaydi. So‘nggi yillarda g‘olib o‘z muvaffaqiyati haqida marosimga yaqin vaqtdagina xabar topmoqda. Avvallari esa g‘olibga bu haqda oldindan ma’lum qilinib, taqdirlash marosimidan so‘ng jurnalda uning suhbati va suratlari chop etilar edi.

Polymarket ekspertlari «Oltin to‘p» sohibi bo‘lish ehtimoli bo‘yicha o‘z prognozlarini yangiladi.

Unga ko‘ra, Lamin Yamal sovrin uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda — uning imkoniyati 45 foizga baholangan. Xarri Keyn 42 foiz bilan ikkinchi o‘rinda.

Kilian Mbappe va Lionel Messi esa 5 foizdan ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

Kiritildi: 04:44, 29.09.2026.
O'qildi: 1553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик