Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Laporta «Barselona»da Flikka o‘rinbosar tanladi

Laporta «Barselona»da Flikka o‘rinbosar tanladi

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidenti Joan Laporta allaqachon klub kelajagi bo‘yicha rejalar tuzmoqda. El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbari kelajakda Xansi Flik o‘rnini Sesk Fabregas egallashini istamoqda.

Ayni paytda «Barselona» Flikka to‘liq ishonch bildirmoqda, ayniqsa jamoa yaxshi natijalar qayd etayotganini hisobga olsak.

Biroq nemis mutaxassisining klubdagi davri yakunlangach, kataloniyaliklar bosh murabbiylik lavozimida aynan Fabregasni ko‘rishni xohlamoqda. U hozirda «Komo»da o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Fabregasning shartnomasida uning «Barselona»ga o‘tishini osonlashtiradigan maxsus band mavjudligi qayd etilgan. Bunday band haqidagi ma’lumot avval ham tarqalgan edi.

Ayni paytda «Barselona» La Ligada 7 turdan so‘ng 21 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda.

Kiritildi: 18:55, 29.09.2026.
O'qildi: 3368 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик