Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Kopengagenda Daniyaga qarshi Millatlar ligasi o‘yini arafasida Ronaldu Jezush bilan yuzaga kelgan mojaro sabab milliy jamoa qarorgohini tark etgan edi. Shuningdek, Krishtianu terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar tarqaldi.
"Hozirgi paytda bu masala yopiq.
Men ko‘p yillardan beri futboldaman va bu vaziyatni yanada og‘irlashtiradigan hech qanday ish qilmaganimni bilaman. Vijdonim tozami? Mutlaqo.
"Dragau"da Norvegiyaga qarshi o‘yindan keyin bu mavzuni muhokama qilamiz. Ronaldu ramz ekanini hech kim inkor eta olmaydi. U juda katta shaxs, bunga hech qanday shubha yo‘q", — dedi Jezush Daniyaga qarshi o‘yin oldidan.













