Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Marca» Ronaldu va Jezush o‘rtasidagi mojaro tafsilotlarini ochib berdi

«Marca» Ronaldu va Jezush o‘rtasidagi mojaro tafsilotlarini ochib berdi

Baho:
+ | -

«Marca» nashri Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va bosh murabbiy Jorje Jezush o‘rtasidagi mojaroning tafsilotlarini ma’lum qildi.

1. Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu bilan suhbatlashib, hujumchi birinchi o‘yinda — Uelsga qarshi (1:0) — va to‘rtinchi uchrashuvda — Norvegiyaga qarshi 4 oktyabrdagi bahsda — maydonga tushishi bo‘yicha kelishib oladi. Shu paytgacha hammasi rejadagidek kechadi. Ronaldu Uelsga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi va 66 daqiqa harakat qiladi. U gol ham uradi, ammo keyinchalik ushbu gol bekor qilinadi.

2. Norvegiyaga qarshi ikkinchi o‘yin (1:2) oldidan Jorje Jezush qarorini o‘zgartiradi va Ronalduga ushbu uchrashuvda unga tayanayotganini, ehtimol, so‘nggi 30 daqiqada maydonga tushirishini aytadi. O‘yinning 51-daqiqasida, hisob 1:1 bo‘lib turganida, Erling Xoland gol uradi. Ronaldu chigilyozdi mashg‘ulotini boshlaydi. 54-daqiqada Portugaliya ikkinchi golni urda va o‘yin xarakteri yettinchi raqamli futbolchini maydonga tushirish imkonini bermaydi — jamoaga natijani saqlab qolish kerak bo‘ladi. Ronaldu qariyb 30 daqiqa davomida mashg‘ulot o‘tkazadi, ammo maydonga tushmaydi va stadionni norozi holda tark etadi.

3. Ronaldu uchinchi o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazib, keyin mehmonxonaga qaytib ketadi. Seshanba kuni u Daniyada jamoa bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazmaydi va sheriklari mashg‘ulot olib borayotgan paytda mehmonxonaga yo‘l oladi. Hujumchi mustaqil ravishda trenajyor zalida shug‘ullanadi.

4. Jezushning matbuot anjumanida aytgan gaplari Ronaldu uchun so‘nggi tomchi bo‘ladi. Hujumchi murabbiyining so‘zlarini eshitadi, ammo uning «bu 10, 15 yoki 20 soniya davom etadigan hafsalasi pir bo‘lish holati», degan izohi Ronalduni ishontirmaydi. Shundan so‘ng Ronaldu jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazish o‘rniga terma jamoa qarorgohini tark etadi.

Avvalroq Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezush bilan o‘rtalarda mojaro yo‘qligini aytganiga qaramay, milliy jamoa mashg‘ulotini tark etgan edi.

Portugaliyaning qator OAVlari Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash niyatida ekanini xabar qildi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:48, 01.10.2026.
O'qildi: 1366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик