«Real» Tibo Kurtuaning uzoq muddatli o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan darvozabonni faol qidirmoqda. TEAMtalk xabar berishicha, madridliklar Janluidji Donnarummani transfer qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, transferga «Manchester Siti»dagi muammolar sabab bo‘lishi mumkin — klub moliyaviy qoidalarni ko‘p marta buzganlikda aybdor deb topildi. «Shaharliklar» jiddiy sanksiyalarga, hatto Premyer-ligadan chetlatilishga ham duch kelishi mumkin.
Nufuzli Transfermarkt portali 27 yoshli Janluidji Donnarummaning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda. Italiyalik darvozabonning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2029/30 mavsumi yakuniga qadar amal qiladi.













