Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etish qarorini izohladi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etish qarorini izohladi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Daniyaga qarshi Liga millatlarining 3-tur uchrashuvi oldidan milliy jamoa qarorgohini tark etish qaroriga izoh berdi.

«Terma jamoa bosh murabbiyining matbuot anjumanidan va Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti bilan suhbatdan so‘ng yig‘in qarorgohini tark etishga qaror qildim.

Vaqti kelganda Portugaliyaning barcha muxlislariga milliy jamoadan ketishim sabablarining haqiqatini aytib beraman. Men doimo sadoqat bilan xizmat qilgan terma jamoamga nisbatan haqiqatni ochib berish vaqti keladi.

Hozir esa Portugaliyaga va barcha jamoadoshlarimga, hech birini istisno qilmagan holda, omad tilayman», — deya Ronalduning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqda keltirdi.

Avvalroq futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezush nizo yo‘qligini aytganiga qaramay, terma jamoa mashg‘ulotini tark etgani xabar qilingan edi. Yaqin soatlarda u Kopengagendan uchib ketishi kutilmoqda.

Shuningdek, Jezush matbuot anjumanida Ronalduning Daniyaga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi mumkinligini aytgan edi.

Kiritildi: 05:23, 01.10.2026.
O'qildi: 1631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик