"Barselona" prezidenti Joan Laporta 2026/27 mavsumida Yevropada eng yaxshi futbol ko‘rsatayotgan ikki jamoani aytdi.
"Barselona" va "PSJ" hozir Yevropada eng yaxshi futbolni namoyish etmoqda. Parijliklar Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi, biz esa ajoyib o‘yin ko‘rsatyapmiz.
"Barselona" va "PSJ" o‘rtasidagi uchrashuv Yevropa mavsumining eng asosiy o‘yini bo‘ladi", — deya Laportaning so‘zlarini Mundo Deportivo keltiradi.
"PSJ" va "Barselona" UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichi doirasida o‘zaro bahs olib boradi.
Uchrashuv 20 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. O‘yin 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.













