Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Millatlar ligasi. Yamalning gollari Ispaniyaga Xorvatiyani yirik hisobda mag‘lub etishga yordam berdi (videosharh)

Millatlar ligasi. Yamalning gollari Ispaniyaga Xorvatiyani yirik hisobda mag‘lub etishga yordam berdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Millatlar ligasi «A» ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Ispaniya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Sevilya shahridagi «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida o‘tkazilgan bahs mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 2-daqiqasida Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal hisobni ochdi. 28-daqiqada mehmonlar vakili Dion Belyo muvozanatni tikladi. Oradan uch daqiqa o‘tib, himoyachi Mark Pubil Ispaniyani yana oldinga olib chiqdi.

63-daqiqada Lamin Yamal o‘zining ikkinchi golini urib, dubl qayd etdi. Uchrashuv yakuniga yaqin esa Ispaniya terma jamoasi qanot hujumchisi Niko Uilyams hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi — 4:1.

Guruh bosqichining navbatdagi turida 3 oktyabr kuni Ispaniya Chexiya bilan, Xorvatiya esa Angliya bilan bahs olib boradi.

UYEFA Millatlar ligasi. «A» ligasi, 3-guruh. 2-tur
29 sentyabr 2026 yil. Sevilya. «Ramon Sanches Pisxuan» stadioni.
Ispaniya — Xorvatiya — 4:1
Gollar: Yamal, 2 — 1:0; Belyo, 28 — 1:1; Pubil, 31 — 2:1; Yamal, 63 — 3:1; Uilyams, 89 — 4:1.

Manba: championat.com
Kiritildi: 04:36, 30.09.2026.
O'qildi: 2230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик