Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

Futbol. Osiyo o‘yinlarining birinchi finalchisi ma’lum bo‘ldi

Futbol. Osiyo o‘yinlarining birinchi finalchisi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha yarim final bosqichida Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi Xitoyni 2:1 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

Uchrashuvda hisob 23-daqiqada ochildi. Xitoy futbolchisi Van Yuydun raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi — 0:1.

Oradan o‘n daqiqa o‘tib, Li Yon Jun Eom Ji Sunning uzatmasidan keyin hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Hal qiluvchi gol 82-daqiqada urildi. Be Jun Xo yana Eom Ji Sunning assistidan unumli foydalanib, Janubiy Koreyani hisobda oldinga olib chiqdi — 2:1.

Shu tariqa, Janubiy Koreya Osiyo o‘yinlarining birinchi finalchisiga aylandi. Endi koreyaliklar hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston — Yaponiya (15:30) yarim finali g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo o‘yinlari. Yarim final

Janubiy Koreya — Xitoy — 2:1

Gollar: Van Yuydun, 23 — 0:1; Li Yon Jun, 33 — 1:1; Be Jun Xo, 82 — 2:1.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:26, 30.09.2026.
O'qildi: 2074 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик