Rossiya terma jamoasi o‘z maydonida BetBoom o‘rtoqlik uchrashuvida Eronni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bahs Qozon shahridagi "Ak Bars Arena" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limda Aleksandr Golovin dubl qayd etdi. "Monako" yarim himoyachisi 21-daqiqada Aleksey Batrakovning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi, 36-daqiqada esa jarima zarbasini aniq amalga oshirib, ikkinchi golini urdi.













