Taniqli sobiq germaniyalik futbolchi Mesut O‘zil o‘z fikricha, barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi.
Sobiq yarim himoyachi 2010 yildan 2013 yilgacha Madridning "Real" klubida birga o‘ynagan Krishtianu Ronalduni alohida e’tirof etdi.
"Ronaldu — futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi. U barcha rekordlarni yangiladi", — deya O‘zilning so‘zlarini Madrid Zone keltiradi.
Krishtianu Ronaldu 41 yoshida ham Portugaliya terma jamoasi safida o‘ynashda davom etmoqda. Klub miqyosida esa u 2023 yil boshidan beri Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Mesut O‘zil ham 2023 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U "Real"dan ketganidan keyin "Arsenal", "Fenerbaxche" va "Istanbul Bashakshexir" klublarida to‘p tepgan.













