Mustaqil komissiya «Manchester Siti» 2009–2018 yillar oralig‘ida moliyaviy qoidalarni ko‘p marta buzgan, degan xulosaga keldi. Endi klubga nisbatan jazo choralari qo‘llanilishi mumkin, biroq oldinda apellyasiya jarayoni bor.
Shu munosabat bilan 2016–2026 yillarda «Manchester Siti»ni boshqargan Xosep Gvardiola ham vaziyatga munosabat bildirdi.
«Dunyo bo‘ylab har bir “Manchester Siti” muxlisi bir narsani bilishini istayman: men klub bilanman va hech qachon hozirgidek qat’iy bo‘lmaganman. Men klubimni, uning egasini, raisini, Ferran Sorianoni, futbolchilarni, xodimlarni, Enso Mareskani va siz — betakror muxlislarimizni qo‘llab-quvvatlaganman, hozir ham qo‘llab-quvvatlayman va doimo shunday qilaman.
Aniq aytib qo‘yay: biz bu sinovdan birgalikda o‘tamiz. Barchangizni yaxshi ko‘raman», — deb yozdi Gvardiola ijtimoiy tarmoqlarda.
Ayni paytda «Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













