Rodri Ispaniya terma jamoasidagi sherigi Aleks Baenani «Barselona»ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Ayni paytda 25 yoshli hujumkor yarim himoyachi «Atletiko» sharafini himoya qilmoqda.
El Nacional nashrining xabar berishicha, Rodri Baenani juda yuqori saviyali futbolchi deb hisoblaydi. 2024 yilgi «Oltin to‘p» sohibi unga «Kamp Nou»ga ko‘chib o‘tish g‘oyasini ham taklif qila boshlagani aytilmoqda.
Biroq bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Chunki «Atletiko» futbolchini qo‘yib yuborishni istamasligi mumkin.
Qayd etilishicha, «Barselona» Baena hali «Vilyarreal»da o‘ynayotgan paytda ham uning transferini ko‘rib chiqqan edi.
Transfermarkt portali Aleks Baenaning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.













