«Barselona»ning braziliyalik hujumchisi Rafinya Diasning holati bo‘yicha yangi ma’lumot paydo bo‘ldi. Futbolchi avvalroq Braziliya terma jamoasi safida mushaklaridan jarohat olgan edi.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, Rafinya Braziliya terma jamoasidan «Barselona» ixtiyoriga qaytgach, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Tekshiruv natijalari futbolchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday muammoni aniqlamagan. Hujumchi «Xetafe»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
Rafinya joriy mavsumda «Barselona» safida sakkizta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ispaniya La Ligasining sakkizinchi turidan o‘rin olgan «Barselona» — «Xetafe» uchrashuvi 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Moskva vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.













