O‘zbekiston chempionati 2028-yildan kuz-bahor tizimiga o‘tmoqchi. Bu haqda O‘zPFL bugun bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Rejaga ko‘ra, 2027 yilgi mavsum bahor-kuz tizimida o‘tadi.
2028 yilning mart-may oylarida esa faqat O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkaziladi.
2028 yil 18 avgust sanasidan Superliganing yangi mavsumiga start beriladi. Birinchi davra 24 dekabrgacha davom etadi.
Shundan so‘ng 2 oylik dam olish ko‘zda tutilmoqda.
2029 yil 24 fevral kunidan ikkinchi davra boshlanadi va u 31 maygacha davom etadi.
Albatta, bu hozircha loyiha. U tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.














