Kuni kecha O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida debyut qilib eng yosh o‘yinchi bo‘lib turgan Muhammad Hakimov Dortmundning "Borussiya" klubiga o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda "Futbol haqida" telegram kanali xabar tarqatdi.
"Muhammad deyarli "Borussiya D" a’zosi hisoblanadi. Professional shartnoma imzolanishiga faqat uning yoshi xalaqit qilib turibdi. FIFA qoidalariga binoan, futbolchi 18 yoshga to‘lmaguncha u bilan professional shartnoma tuzib bo‘lmaydi.
Shuning hisobiga, futbolchi hozircha O‘zbekistonda borussiyaliklar nazorati ostida o‘ynab turibdi.
Uning agenti — Husanovning ham agenti bo‘lgan G‘ayrat Xasbiulin hisoblanadi", — deyiladi xabarda.













