O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda.
Vaziyatdan xabardor manba ma’lumotiga ko‘ra, bahs 13 noyabr kuniga rejalashtirilgan. Uchrashuv Saudiya Arabistonining Ar-Riyod yoki Dammam shaharlaridan birida tashkil etilishi mumkin.
Noyabr oyidagi FIFA kunlari 9–17 noyabr sanalariga to‘g‘ri keladi. Shu bois O‘zbekiston milliy jamoasi Saudiya Arabistonidan tashqari yana bir raqibga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazishi ehtimoli ham bor.
Ikkinchi o‘yin bo‘yicha raqib va boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.













