Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tomas Myuller barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi kim — Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu, degan savolga javob berdi.
«Menga bu savolni tez-tez berishadi. Faoliyatimning dastlabki o‘n yilida har doim Krishtianu Ronalduni tanlardim. Va men doimo unga yutqazar edim! Ammo umumiy manzaraga qarasam, Lionel Messi — eng buyuk futbolchi», — dedi Myullerning so‘zlarini The Touchline keltirgan.
Lionel Messi faoliyati davomida 8 marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan. 2026 yilda argentinalik futbolchi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki tufayli yana ushbu sovringa da’vogarlar qatoriga kirgan.
Krishtianu Ronaldu esa faoliyati davomida 5 marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.













