Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan mojarodan so‘ng jamoa qarorgohini tark etgan edi. Mashhur insayder Fabrisio Romano ushbu vaziyat tafsilotlarini ma’lum qildi.
"Krishtianu Ronaldu juda qattiq ranjigan. U Jorje Jezush unga hiyonat qilganini his qilmoqda. Murabbiy uni 30 daqiqa davomida qizdirish mashqlarini qildirdi, ammo baribir maydonga tushirmadi. Ronaldu Jezush bilan gaplashgan, murabbiy esa ochiqchasiga uzr so‘rashga tayyorligini bildirgan, biroq keyin bunday qilmagan.
Buning o‘rniga u tarkibni o‘zi belgilashni istashi haqida gapira boshlagan. Aynan shu paytda ular o‘rtasidagi munosabatlar butunlay buzilgan va Ronaldu jamoa qarorgohini tark etgan.
Hozir vaziyat juda keskin. Endi Ronaldu keyin qanday yo‘l tutishini o‘zi hal qilishi kerak. Jezush ham yaqin vaqt ichida bu vaziyat bo‘yicha fikr bildiradi. Ronaldu va terma jamoa o‘rtasidagi muhit hozir juda tarang", — deya Romanoning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
Portugaliya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 4 oktyabr kuni o‘z maydonida Norvegiyaga qarshi o‘tkazadi.













