Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Rafinya qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Rafinya qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias Braziliya terma jamoasi safida jarohat oldi.

29 yoshli futbolchi Avstraliyaga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng almashtirildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, hujumchi jiddiy jarohat olmagan, biroq mushaklarida shish paydo bo‘lgan.

Sport nashri xabariga ko‘ra, «Barselona» Rafinyaning holatidan xavotirda emas. Futbolchining o‘zi ham jarohat jiddiy emasligini bildirgan, almashtirilishi esa ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilgan.

Agar kutilmagan muammo yuzaga kelmasa, «Barselona» sardori 10 oktyabr kuni La Ligada «Xetafe»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.

Rafinya klub talabi bilan Braziliya terma jamoasi joylashuvini muddatidan oldin tark etdi. Yaqin vaqt ichida futbolchi qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Kiritildi: 04:45, 01.10.2026.
O'qildi: 1436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик