Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Real" yangi markaziy himoyachi izlamoqda: uch nomzod ma’lum

"Real" yangi markaziy himoyachi izlamoqda: uch nomzod ma’lum

Baho:
+-3 | -

Madridning "Real" klubi Raul Asensioni uzoq muddatga yo‘qotganidan so‘ng yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Real" ro‘yxatida uch nafar nomzod bor: "Komo" himoyachisi Xakobo Ramon, Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Niko Shlotterbek va "Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni. Qayd etilishicha, ro‘yxatda birinchi o‘rinda Ramon turibdi.

2025 yil yozida "Real" Ramonni "Komo"ga 2,5 million yevroga sotgan, ammo futbolchi huquqlarining 50 foizini o‘zida saqlab qolgan va uni ortga qaytarish uchun bir nechta imkoniyatga ega. Masalan, kelasi yozda "qaymoqranglilar" 9 million yevro evaziga futbolchini qayta sotib olish opsiyasini faollashtirishi mumkin.

Biroq asosiy muammo Ramonning o‘zi "Real"ga qaytishni istamayotganida. Chunki Italiyada u muntazam o‘yin amaliyotiga ega.

Yetti turdan so‘ng "Real" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 15 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 10:55, 01.10.2026.
O'qildi: 4215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик