Krishtianu Ronalduning Madridga yetib kelganidan keyingi videosi paydo bo‘ldi.
«An-Nasr» hujumchisi kecha Kopengagenda Daniyaga qarshi o‘tadigan Millatlar ligasi uchrashuvi arafasida bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan mojaro sabab Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi. Futbolchi diskvalifikasiya va jarimaga tortilishi mumkin. Shuningdek, Krishtianu terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar tarqalgan.
Madridga yetib kelgan 41 yoshli futbolchi aeroport yaqinida, shuningdek, uni kutib olgan avtomobil ichida tasvirga olindi.
E’lon qilingan kadrlarda muxlis avtomobil yoniga kelib, Ronalduni oyna orqali videoga olgan. Portugaliyalik futbolchi tushkun kayfiyatda ko‘ringan va kameraga hech qanday munosabat bildirmagan.
E’tiborli tomoni, Krishtianu Portugaliya terma jamoasi ekipirovkasida bo‘lgan.













