Kirish Ro'yxatdan o'tish

Italiya terma jamoasida 1915 yildan beri ilk bor ikki aka-uka asosiy tarkibda tushdi

Italiya terma jamoasida 1915 yildan beri ilk bor ikki aka-uka asosiy tarkibda tushdi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Turkiyani mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda aka-uka Sebastyano va Franchesko Espozito asosiy tarkibda birga maydonga tushdi.

Italiya terma jamoasi tarixida atigi uch juft aka-uka bir vaqtning o‘zida milliy jamoa safida o‘ynagan. Ular orasida Indzagi aka-ukalari ham bor.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ba’zida noto‘g‘ri talqin qilinadiganidek, Roberto Badjo va Dino Badjo aka-uka bo‘lmagan.

Italiya terma jamoasida ikki aka-ukaning bir vaqtning o‘zida asosiy tarkibda maydonga tushishi esa 1915 yildan beri ilk bor kuzatildi.

O‘sha yili Aldo va Luidji Chevenini Shveysariyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan va har ikkisi ham gol urgan edi.

Bu safar esa Espozito aka-ukalaridan faqat Franchesko gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 08:18, 29.09.2026.
O'qildi: 1266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик