Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yamal «Uembli»da 69 yildan beri kuzatilmagan noyob natijani qayd etdi

Yamal «Uembli»da 69 yildan beri kuzatilmagan noyob natijani qayd etdi

Baho:
+-1 | -

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal Millatlar ligasida Angliyaga qarshi uchrashuvda noyob natija qayd etdi.

19 yoshli «Barselona» futbolchisi London shahridagi «Uembli» stadionida o‘tkazilgan uchrashuvda hisobni 104-soniyada ochdi. Ispaniya Angliyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

MisterChip ma’lumotlariga ko‘ra, Yamalning goli 1957 yildan beri «Uembli»da Angliya terma jamoasi darvozasiga raqib futbolchisi tomonidan kiritilgan eng tez gol bo‘ldi.

Bundan 69 yil avval, shotlandiyalik Tommi Ring Angliya darvozasini uchrashuvning birinchi daqiqasida ishg‘ol qilgan edi.

Shuningdek, Yamalning goli 2005 yil oktyabridan beri Ispaniya terma jamoasining rasmiy uchrashuvlarda Angliya darvozasiga urgan eng tez goli bo‘ldi.

Avvalroq Yamal «Uembli»da Angliya terma jamoasi darvozasiga gol urgan eng yosh futbolchiga aylangani xabar qilingan edi. U bu borada Patrik Klyuyvertning rekordini yangiladi.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 08:45, 27.09.2026.
O'qildi: 2703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик