Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Barselona» futbolchisi Mourinyoning gaplariga javob qaytardi

«Barselona» futbolchisi Mourinyoning gaplariga javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyoning shov-shuvli bayonotlari haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, bu uning o‘ziga xos shousi. U 2011 yildan beri shunday yo‘l tutib keladi. Bu uning matbuot bilan muloqot qilish uslubi.

Biz esa «Real» yoki boshqa jamoalarga e’tibor bermaslikka harakat qilamiz. Asosiy e’tiborimizni o‘z ishimizga qaratganmiz va yanada rivojlanishni istaymiz», — dedi Fermin.

Ayni paytda «Barselona» La Liganing dastlabki 7 ta turida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, 21 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kataloniyaliklarni «Atletiko» va «Betis» 16 ochko bilan ta’qib qilmoqda. «Real» esa 15 ochko bilan ulardan keyingi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 11:22, 25.09.2026.
O'qildi: 2315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик