Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Mbappening jarohati: Fransiya terma jamoasi rasmiy bayonot berdi

Mbappening jarohati: Fransiya terma jamoasi rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jarohat sabab Fransiya terma jamoasi ixtiyorini tark etmoqda.

«Uchranglilar» sardori Millatlar ligasi doirasida Turkiyaga qarshi kechgan juma kungi o‘yinda (1:0) 54-daqiqada gol urdi, ammo 59-daqiqadayoq tizzasidagi muammolar sabab maydonni tark etdi.

«Kilian Mbappe g‘alaba goli bilan yakunlangan zarba berish paytida tizzasini jarohatlab oldi. Futbolchida pay jarohati tashxislangan, shu sababli u yig‘inni tark etishga majbur. Tezroq sog‘ayib ketishingni tilaymiz, Kilian», – deyiladi Fransiya terma jamoasi matbuot xizmati xabarida.

Yaqin orada 27 yoshli forvard Madridga qaytadi va u yerda tiklanishning aniq muddatlarini aniqlash uchun qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Kiritildi: 07:12, 26.09.2026.
O'qildi: 1250 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик