Madridning "Real" klubi himoyachisi Din Xyoysen "Barselona"ning hozirgi kuchi haqida fikr bildirdi.
Undan kataloniyaliklarni kuchli jamoa deb hisoblaysizmi, deb so‘raldi.
"Ha, menimcha, shunday. Ularning o‘yinlarini ko‘p tomosha qilmayman, ammo ko‘rinib turibdiki, hozir ular haqiqatan ham kuchli", — dedi Xyoysen.
"Barselona" Ispaniya chempionatining yangi mavsumini juda ishonchli boshladi. Xans-Diter Flik shogirdlari dastlabki 7 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 21 ochko jamg‘ardi va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Kataloniyaliklar shu uchrashuvlarda 31 ta gol urdi. Bu "Real"ning natijasidan qariyb ikki barobar ko‘p. Shu bilan birga, "Barselona" o‘z darvozasidan atigi 7 ta gol o‘tkazib yubordi.
25 oktyabr kuni navbatdagi "el klasiko" bo‘lib o‘tadi. Unda "Barselona" "Kamp Nou"da "Real"ni qabul qiladi.













