Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharifa Davronova ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi.
U uch hatlab sakrash dasturida 14.35 metr natija qayd etib, oltin medalga ega chiqdi.
Shu tariqa Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 26 taga yetdi: 6 ta oltin, 12 ta kumush, 8 ta bronza.
Ushbu natija O‘zbekistonga umumiy jadvalda Eronni quvib o‘tib, 5-pog‘onadan o‘rin olish imkonini beradi.













