Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Xoland terma jamoadagi gollari bo‘yicha Ronaldo va Ibragimovichni ortda qoldirdi

Xoland terma jamoadagi gollari bo‘yicha Ronaldo va Ibragimovichni ortda qoldirdi

Baho:
+2 | -

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi kechgan o‘yinda dubl muallifiga aylandi.

«Manchester Siti» vakili 18 va 74-daqiqalarda o‘z nomini tabloga yozdirib, norvegiyaliklarga 3:2 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. 26 yoshli forvard hisobida endi xalqaro maydondagi 56 ta uchrashuvda 64 ta urilgan gol mavjud. U ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘z terma jamoalari safida 62 tadan gol urgan braziliyalik afsonaviy Ronaldo va shvesiyalik Zlatan Ibragimovichni ortda qoldirdi.

Erling Xoland Norvegiya terma jamoasidagi debutini 2019 yilning kuzida o‘tkazgan edi. «Manchester Siti» tarkibida esa futbolchi joriy mavsumdagi barcha musobaqalarda o‘tkazilgan yettita o‘yinda raqiblar darvozasini yetti bor ishg‘ol qildi.

Kiritildi: 04:19, 25.09.2026.
O'qildi: 1496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик