Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Eron bosh murabbiyi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyat sababini aytdi

Eron bosh murabbiyi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyat sababini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir Galenoi O‘zbekistonga qarshi 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin jamoasining o‘yiniga baho berdi.

Eronlik mutaxassis avvalo O‘zbekiston terma jamoasi va uning murabbiylar shtabini g‘alaba bilan tabrikladi. Uning fikricha, bahs taqdiriga asosan individual xatolar katta ta’sir ko‘rsatgan.

"Birinchi va ikkinchi gollarni o‘z xatolarimiz sabab o‘tkazib yubordik. Ayniqsa, birinchi golda juda sodda xato qildik. Ikkinchi bo‘limda almashtirishlardan keyin o‘yinga qaytib, gol urdik. Keyin hisobni tenglashtirishga harakat qildik, ammo yana tajribali futbolchimiz xatoga yo‘l qo‘ydi va vaziyat biz uchun og‘irlashdi", — dedi Galenoi.

Bosh murabbiy mazkur uchrashuvda tarkibda ko‘plab o‘zgarishlar qilinganini ham ta’kidladi. Ayrim futbolchilar milliy jamoa muhitida ilk bor maydonga tushgan.

"Ko‘p futbolchilarni sinab ko‘rdik. Ba’zilarining o‘yinidan qoniqdik. Ayrimlariga esa terma jamoaga to‘liq moslashish uchun yana vaqt va o‘yin amaliyoti kerak", — dedi mutaxassis.

Galenoi O‘zbekiston terma jamoasining so‘nggi yillarda o‘sishda davom etayotganini ham e’tirof etdi.

"O‘zbekiston rivojlanib bormoqda. Buni kecha ham aytgan edim. Ular yaxshi murabbiyga va kuchli jamoaga ega. Biz uchun esa bu o‘yinda natijadan tashqari, yangi futbolchilarni tekshirish va tayyorgarlik jarayoni ham muhim edi", — dedi u.

Eronning bir o‘yinda uchta gol o‘tkazib yuborishiga munosabat bildirgan G‘alinoi buni jismoniy holatdan ko‘ra, diqqat va individual xatolar bilan bog‘ladi.

"Futbolda xatolar bo‘ladi. Bunday o‘rtoqlik o‘yinlari aynan kamchiliklarni ko‘rib olish uchun kerak. Rasmiy bahslarda ularni takrorlamasligimiz shart", — dedi murabbiy.

Mag‘lubiyat uchun kim javobgar ekani so‘ralganda, G‘alinoi mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

"Asosiy aybdor — men. Bosh murabbiy sifatida natija uchun javobgarman. Bugun tajribali futbolchilarimiz ham xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo bu futbolning bir qismi", — dedi u.

Eron terma jamoasi navbatda Rossiyaga qarshi maydonga tushadi. G‘alinoi o‘sha uchrashuvga qadar jamoa ancha yaxshi holatga kelishiga ishonch bildirdi.

"Bu Jahon chempionatidan keyingi birinchi FIFA kunlari. Hali optimal holatimizga kirganimiz yo‘q. Rossiyaga qarshi bahsda yaxshiroq o‘ynaymiz, deb ishonaman. O‘zbekistonga qarshi mag‘lubiyat uchun Eron xalqi va muxlislaridan uzr so‘raymiz. Xulosa chiqarib, ishlashda davom etamiz", — dedi Amir Galenoi.

Kiritildi: 11:07, 25.09.2026.
O'qildi: 1848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик