Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Osiyo o‘yinlari-2026: O‘zbekiston bokschilari uch jangda uch g‘alaba qayd etdi

Osiyo o‘yinlari-2026: O‘zbekiston bokschilari uch jangda uch g‘alaba qayd etdi

Baho:
+ | -

Yaponiyaning Nagoya shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida boks musobaqalari start oldi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham qit’aning nufuzli musobaqasidagi ishtirokini g‘alabalar bilan boshladi.

Bugun ringga ko‘tarilgan uch nafar vakilimizning barchasi keyingi bosqichga yo‘l oldi.

-51 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Feruza Kazakova ilk bosqichda tailandlik Raksat Chutxamatga qarshi jang qildi. Jahon chempionati sovrindori va Osiyo chempioni bo‘lgan Kazakova raqibasini har uch raundda ham 5:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

Qayd etish joiz, Chutxamatni kuchsiz raqib deb bo‘lmaydi. Tailandlik bokschi 2014 va 2019 yilgi jahon chempionatlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan, 2022 yil Xanchjouda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida esa kumush medal sohibi bo‘lgan. Shu bois Kazakovaning ilk bosqichdagi g‘alabasi yanada ahamiyatlidir.

-70 kg vazndagi Shavkatjon Boltayev ham Osiyo o‘yinlaridagi birinchi jangini g‘alaba bilan yakunladi. U janubiy koreyalik Kim Jonsu bilan kechgan qiziqarli bahsda 4:1 hisobida ustun kelib, navbatdagi bosqichga chiqdi.

-65 kg vazn toifasidagi Navbahor Hamidova esa yana bir janubiy koreyalik bokschi — Seon Sujinga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamidova raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va hakamlarning bir ovozdan qarori bilan — 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, O‘zbekiston boks terma jamoasi vakillari Osiyo o‘yinlaridagi birinchi kunni uch jangda uch g‘alaba bilan yakunladi.

Osiyo o‘yinlarida boks bahslari davom etadi. Ertaga O‘zbekistonning yana ikki vakili ringga ko‘tariladi.

-54 kg: Nigina O‘ktamova — Bibinashastamo Xolova (Tojikiston), 08:45

-60 kg: Abdumalik Xalokov — O Taye Bom (Shimoliy Koreya), 09:00

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:45, 24.09.2026.
O'qildi: 1975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик