Agar moliyaviy qoidalar ehtimoliy buzilgani bo‘yicha ish yakunida «Manchester Siti» chempionlik unvonlaridan mahrum etilsa, sovrinlar ushbu mavsumlarda jamoa ortidan ikkinchi o‘rinni egallagan klublarga berilishi mumkin.
Gap jami sakkizta chempionlik haqida ketmoqda. 2011/12 va 2017/18 yillarda titul «Manchester Yunayted»ga, 2013/14, 2018/19, 2020/21 va 2021/22 mavsumlarida «Liverpul»ga o‘tishi mumkin. 2022/23 va 2023/24 yillarda esa «Arsenal» ikkinchi o‘rinni egallagan.
Biroq hozircha «Manchester Siti»ni chempionlik unvonlaridan mahrum qilish bo‘yicha rasmiy qaror qabul qilinmagan. Klubga ochkolarni olib tashlash yoki jarima kabi boshqa jazolar ham qo‘llanishi mumkin.













