Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Yamal "Barselona"ga APLdan himoyachi tanladi

Yamal "Barselona"ga APLdan himoyachi tanladi

Baho:
+ | -

Lamin Yamal "Barselona"da o‘ng qanotda Pedro Porro bilan terma jamoadagi hamkorligini qayta tiklashni istamoqda. Ikki futbolchi Ispaniya terma jamoasida bir-birini juda yaxshi tushunadi.

"Porro Yamalga kerak bo‘lgan o‘yin uslubiga ideal mos keladi. U doimiy ravishda hujumlarga qo‘shila oladigan, faol harakat qiladigan va qanotda kenglik yaratadigan futbolchi", — deyiladi El Nacional xabarida.

Manbaga ko‘ra, Porro bilan bir qanotda o‘ynaganda Yamal hujumda ko‘proq erkinlikka ega bo‘ladi. Bu ayniqsa raqib chuqur himoya qiladigan o‘yinlarda "Barselona" uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Pedro Porro yanvarda "Tottenxem"ni tark etishga tayyor ekani aytilmoqda.

27 yoshli himoyachining transfer narxi taxminan 70 million yevro bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 23:11, 26.09.2026.
O'qildi: 473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик