Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Ferran Torres «Barselona» o‘yinchisini «PSJ»ga o‘tishga undamoqda

Ferran Torres «Barselona» o‘yinchisini «PSJ»ga o‘tishga undamoqda

Baho:
+ | -

Manbalar xabariga ko‘ra, Ferran Torres «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Pedrini undan o‘rnak olib «PSJ»ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Bu haqda El Nacional yozmoqda.

Torres shu yozda «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tgan edi. Insayderlarning ta’kidlashicha, u Pedrini ham shunday transferni amalga oshirishga undamoqda. Futbolchilar maydondan tashqarida yaqin do‘st ekanliklari alohida qayd etilgan.

23 yoshli Pedri «Las-Palmas»dan o‘tganidan so‘ng 2020 yildan beri «Barselona»da o‘ynab kelmoqda. Kataloniyaliklar tarkibida yarim himoyachi uch marta Ispaniya chempionatida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 08:41, 26.09.2026.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик