Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Roberto Karlos: «Futbolda topgan pulimning 99 foizini yo‘qotdim»

Roberto Karlos: «Futbolda topgan pulimning 99 foizini yo‘qotdim»

Baho:
+ | -

«Real», «Anji» va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Roberto Karlos yosh futbolchilarni uning xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi.

«Men doimo futbolchilik faoliyatim tugaganidan keyingi hayot haqida o‘ylardim. Futbolchi sifatida o‘z nomingni yaratish va mashhurligingdan to‘g‘ri foydalanish juda muhim.

Faoliyatimni yakunlashga qaror qilgan paytimda sport direktori lisenziyasiga ega edim va ko‘plab brendlar bilan hamkorlik qilardim.

Ammo keyin jiddiy muammolarga duch keldim. Ayrim odamlar sabab bank hisobim deyarli bo‘shab qoldi. Agentlar va oilaviy muammolar tufayli futbolda ishlab topgan mablag‘imning 99 foizini yo‘qotdim.

Men ko‘p xatolar qildim. Shuning uchun yosh futbolchilardan mening xatolarimni takrorlamasliklarini so‘rayman.

Sobiq vakilim bilan juda jiddiy muammolarim bo‘lgan. Oilamda ham og‘ir vaziyat yuzaga keldi. Bir payt payshanba kuni tun yarimda uxlashga yotdim, juma kuni esa mavjudligini hatto bilmagan hujjatlar to‘plamini oldim. O‘sha paytda faoliyatim davomida erishgan deyarli barcha narsamdan ayrildim», — dedi Roberto Karlos.

Kiritildi: 16:23, 25.09.2026.
O'qildi: 4150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик