Ispaniya terma jamoasi tarkibida Angliyaga qarshi Millatlar ligasi o‘yini boshlanishidan oldin o‘zgarish yuz berdi.
Himoyachi Erik Garsiya chigalyozdi vaqtida chap tizzasida noqulaylik his qildi. Shu sabab u boshlang‘ich tarkibdan chiqarildi.
Uning o‘rniga dastlab zaxirada bo‘lgan Mark Pubil birinchi daqiqalardanoq maydonga tushadi.
Erik Garsiyaning jarohati "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va klub muxlislarini xavotirga solishi mumkin.
Kutilishicha, yaqin kunlarda kataloniyaliklar himoyachining jarohati qanchalik jiddiy ekani haqida qo‘shimcha ma’lumot beradi.













