Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

"Siti"ga keskin jazo talab qilindi: to‘rtinchi liga va 5 yil transferlarga taqiq

"Siti"ga keskin jazo talab qilindi: to‘rtinchi liga va 5 yil transferlarga taqiq

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi va "Tottenxem"ning sobiq hujumchisi Darren Bent moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun "Manchester Siti"ni qattiq jazolash kerakligini aytdi.

"Ularni Chempionshipga tushirish kerakmi? Bu juda yengil jazo bo‘ladi. Axir bu atigi bir divizion pastlash degani. "Reyndjers" bilan nima bo‘lganini eslang. Adashmasam, ular to‘rt divizionga tushirilgan edi. "Manchester Siti"ni Angliyaning to‘rtinchi divizioniga tushirish va besh yilga transferlardan mahrum qilish kerak", — dedi Bent.

Premyer-liganing besh turidan so‘ng "Manchester Siti" 15 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Jamoa ikkinchi o‘rindagi "Arsenal"ni uch ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 10:12, 26.09.2026.
O'qildi: 2801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик