Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Peres «Real»ga «Manchester Siti»ning uch yulduzini olib kelishga harakat qilishi mumkin

Peres «Real»ga «Manchester Siti»ning uch yulduzini olib kelishga harakat qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Bir necha yil oldin «Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblangan edi. Juma kuni «shaharliklar» 114 ta qoidabuzarlik bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Premyer-liganing top-klubi uchun jazo hali belgilanishi kerak, bundan tashqari «Siti» apellyasiya bermoqchi.

Bu orada, Ispaniyaning Sport nashri xabar berishicha, butun futbol Yevropasi «Manchester Siti» atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Klub jiddiy sport va iqtisodiy oqibatlarga duch kelishi mumkin. «Real» prezidenti Florentino Peres bundan foydalanib, Madridga uch futbolchini olib o‘tishi mumkin.

«Real»ning «Manchester Siti» futbolchilari orasidagi bosh nishoni Erling Xoland hisoblanadi. Matbuot norvegiyalikni anchadan beri «qaymoqranglilar» bilan bog‘lab kelmoqda. To‘g‘ri, hozirgi vaqtda hujum chizig‘i to‘lib ketgani sababli Xolannni «Real» tarkibiga sig‘dirish qiyin bo‘ladi.

Shuningdek, Peres «Manchester Siti»ning Rayan Sherki va Yoshko Gvardiol kabi futbolchilarini ham kuzatib bormoqda.

Kiritildi: 06:29, 26.09.2026.
O'qildi: 1566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик