«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Bavariya»ning yosh futbolchisi Lennart Karlning salohiyatidan juda ta’sirlangan.
Gap katta kelajak bashorat qilinayotgan 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi haqida ketmoqda.
«Flik Karlning sifatlari va salohiyatidan juda hayratda. Murabbiy «Barselona» skautlariga uning rivojlanishini bir necha bor kuzatishni tavsiya qilgan. Flik uni yaqin kelajakda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishi uchun barcha zarur sifatlarga ega deb hisoblaydi», — deyiladi El Nacional xabarida.
Biroq «Barselona» uchun Karlni o‘z safiga qo‘shib olish oson bo‘lmasligi mumkin.
Sababi, futbolchining orzusi — Madridning «Real» klubiga o‘tish. Lennart bu haqda avval ham ochiq gapirgan.













