Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

"Manchester Siti" so‘nggi xabarlar fonida muxlislarga rasmiy murojaat qildi

"Manchester Siti" so‘nggi xabarlar fonida muxlislarga rasmiy murojaat qildi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" futbol klubi o‘zining rasmiy saytida so‘nggi xabarlar munosabati bilan ochiq bayonot e’lon qildi. Unda klub rahbariyati muxlislarni o‘z pozisiyasining haqligiga ishontirar ekan, xotirjam bo‘lishga chaqirdi.

"Klubning aybsizligini isbotlashga bo‘lgan ishonchimiz va qat’iyatimiz xuddi boshidagidek kuchli. Nega o‘z pozisiyamizning haqligiga bunchalik ishonayotganimizni tushunishingiz uchun siz bilan ko‘plab ma’lumotlarni bo‘lishishni istardim. Ammo sud jarayonining qat’iy maxfiyligi va biz uni saqlashga intilayotganimiz hozircha bunga imkon bermaydi. Hatto ushbu maktub ham barcha talablarga mos ekaniga ishonch hosil qilish uchun bir necha bor huquqiy tekshiruvdan o‘tkazildi", — dedi "Manchester Siti" klubi raisi Xaldun al-Muborak.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan juma kuni klub moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha 115 ta holatdan 114 tasida aybdor deb topilgani haqida xabar tarqalgan edi.

"Manchester Siti" rahbariyati ushbu qaror ustidan apellyasiya berishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda klubga nisbatan qanday jazo qo‘llanishi ham hali aniqlanmagan.

Kiritildi: 21:43, 28.09.2026.
O'qildi: 2286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик