Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekistonda chempionlik uchun yarim qadam qoldi

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekistonda chempionlik uchun yarim qadam qoldi

Baho:
+ | -

Samarqand shahrida davom etayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasida 10-tur uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston asosiy terma jamoasi Armanistonni 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Muhiddin Madaminov o‘z partiyalarida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev esa o‘z doskasida durang natija qayd etdi.

Nodirbek Abdusattorov - Haik Martirosyan - 1:0
Javohir Sindorov - Robert Hovhannisyan - 1:0
Nodirbek Yoqubboyev - Shant Sargisyan - 0,5:0,5
Muhiddin Madaminov - Gabriel Sargisyan - 1:0

Ushbu g‘alabdan so‘ng, O‘zbekiston-1 terma jamoasi 18 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. So‘nggi turda jamoamizga, katta ehtimol bilan, Ukraina raqiblik qiladi. Ushbu jamoa bugun Xitoyni 3-1 hisobida mag‘lub etib, o‘z ochkolaini 16 taga yetkazdi va jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston ertaga durang o‘ynasa ham, Butunjahon olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritadi.f

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:42, 26.09.2026.
O'qildi: 1244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик