O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA onlayn reytingida bir pog‘ona yuqoriladi.
Kecha Eron terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba ortidan milliy jamoamiz reytingiga 6,83 ochko qo‘shildi.
Natijada O‘zbekiston FIFA onlayn reytingida bir pog‘ona ko‘tarilib, 59-o‘rinni egalladi.
Terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvlarda ham ijobiy natija qayd etsa, reytingdagi o‘rnini yanada yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.













