Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ferran «Barselona» yulduzini Parijga chorlamoqda

Ferran «Barselona» yulduzini Parijga chorlamoqda

Baho:
+ | -

«PSJ»ning ispaniyalik hujumchisi Ferran Torres «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Pedrining Fransiyaga ko‘chib o‘tishini istamoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Torres Pedrini «PSJ» safiga qo‘shilishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Qayd etilishicha, futbolchilar maydon tashqarisida ham juda yaqin do‘stlar.

Avvalroq Torres «Barselona»ni tark etganidan keyin Pedrini sog‘inib qolganini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ferran Torres yozgi transfer oynasida «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tdi. U fransuz klubi safida barcha musobaqalarda 6 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi.

Pedri esa joriy mavsumda «Barselona» safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.

Transfermarkt 23 yoshli yarim himoyachining bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:39, 26.09.2026.
O'qildi: 2143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик